Shtrix kodlardan foydalanish bo’yicha kerakli 10 qadam
Shtrix kodlardan foydalanish uchun birinchi navbatda kompaniya/korxona shu shtrix kodlarga kiradigan raqamlarni olishi kerak. Bu raqamlar GS1 identifikatsiya raqamlari yoki identifikatsiya kalitlari deyiladi. GS1 identifikatsiya raqami - dunyo bo'yicha qabul qilingan GS1 shtrix kodlarini shakllantirish imkonini beradigan asos hisoblanadi. GS1 kalitini yaratish uchun oldin GS1 Milliy tashkilotidan korxona prefiksi olinadi (GCP – Global korxona perifiksi). GS1 korxona prefiksi hozirda 2 mln. dan ortiq korxonani identifikatsiyalash uchun ishlatilmoqda va dunyo miqyosidagi mahsulot yetkazib berish zanjirida unikal identifikatsiya asosini yaratadi. O'zbekistonda GS1 korxona prefiksini olish uchun GS1 Milliy tashkilotiga – GS1 Uzbekistan Avtomatik identifikatsiyalash va tovarlarni raqamlash uyushmasiga boriladi.
GS1 korxona prefiksini olganidan so'ng kompaniya sotadigan mahsulotiga (tovariga yoki xizmatiga), o'ziga (yuridik shaxs sifatida), joylashgan yeriga, logistika birligiga, kompaniyaning alohida aktivlariga, qaytariladigan buyumlariga (palletlarga, bochkalarga, mahsulot qadog’ilarga) identifikatsiyalash raqam olishi mumkin bo’ladi. Bu jarayon juda oson. Masalan, GTIN identifikatsiyalash raqamini - mahsulotni shtrix kodlar bilan markirovkalash uchun Global savdo birligi raqamini, GS1 Uzbekistan web sahifasidan orqali tegishli havolaga o’tib olishingiz mumkin. yoki shtrix kodlar qo'yilishi kerak bo'lgan mahsulot ro'yxatini maxsus blankka yozib o'zingizga qulay usul bilan GS1 Uzbekistan tashkilotiga jo'natasiz. Qo'shimcha ma'lumotni GS1 Uzbekistan saytidan topishingiz mumkin yoki GS1 Uzbekistan Uyushmasi mutaxassislaridan shu masalada maslahat olsangiz ham bo'ladi.
Oldin qaysi tovarlar shtrix kodlar bilan markirovkalanishi, qaysi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerakligini aniqlashtirib olishingiz lozim, keyin shtrix kodlardagi ma'lumot doimiy bo'ladimi yoki o'zgaruvchanmi, shuni hal qilishingiz kerak. Doimiy ma'lumotga misol qilib mahsulot qadog’iga yoziladigan Global savdo birligi raqamini (GTINni) ko'rsatish mumkin. O'zgaruvchan ma'lumotga misol qilib esa tovar yorlig'idagi seriya raqamini ko'rsatsa bo'ladi. Agar shtrix kodlaringizga doimiy ma'lumot yozilgan va sizga ko'proq mahsulot qadog’i kerak bo'lsa, shtrix kodni olgach, qadog’ini chop qilish uchun istalgan bitta nashriyotga murojat qilishingiz mumkin. Agar mahsulot qadog’i ko'p kerak bo'lmasa yoki mahsulot qadog’idagi ma'lumot o'zgaruvchan bo'lsa uni o'zingizning printeringizda ham chop qilsangiz bo'ladi (masalan, ofisdagi lazerli printerda yoki omborga qo'yiladigan termotransferli maxsus printerda). Shtrix kodlarni chop qilish usulini tanlash korxonada shtrix kodlar qo'yish tizimi joriy etilishining muhim qismi hisoblanadi. GS1 Uzbekistan uyushmasi shtrix kodlar chop qilishning to'g'ri usulini topishingizga yordam beradi va shung mos uskenalar bilan jixozlangan korxonalarni tavsiya qiladi.
Shtrix kodlar belgisini tanlash, uning o'lchami, joylashishi va chop qilish sifatini tanlash shtrix kodlar qayerda skaner qilinishiga bog'liqdir. Savdo birligi skanerdan o'tkaziladigan muhitning 4 ta asosiy turi mavjud:
Mahsulot qadog’i kassali savdo nuqtasida skaner qilinadi (POS).
Mahsulot qadog’i taqsimlash markazida (omborda) skaner qilinadi.
Mahsulot qadog’i kassali savdo nuqtasida va taqsimlash markazida skaner qilinadi.
Maxsus qo'llanadigan usullarda, masalan, tibbiyot jihozlarini markirovkalash;
Shtrix kod qayerda skaner qilinishini bilsangiz chop qilishga qo'yiladigan talab ham shunga muvofiq bo'ladi. Masalan, agar mahsulot qadog’i supermarketning kassali savdo nuqtasida va supermarket omborida skaner qilinadigan bo'lsa kassali savdo nuqtasida skaner qilishga mo'ljallangan EAN/UPC belgisini ishlatishingiz kerak, lekin taqsimlash markazi yoki ombordagi skanerlash shartiga to'g'ri kelishi uchun mahsulot qadog’i kattaroq o'lchamda chop qilinadi. Taqsimlash markazlaridagi avtomatik skanerlash talablariga to'g'ri kelishi uchun mahsulot qadog’ining joylashishi ham to'g'ri bo'lishi kerak. Bu masaladagi qo'shimcha ma'lumotni GS1 ma’lumotnomalarida o'qishingiz yoki GS1 Uzbekistan uyushmasi mutaxassislaridan shu masalada maslahat olishingiz mumkin.
Shtrix kodlar belgilarini to’g’ti tanlash shtrix kodlar to'g'ri qo'llanishi uchun juda muhim hisoblanadi. Bu masalada tanlovning uchta asosiy mezonini ajratib ko'rsatish mumkin:
Agar shtrix kodlar chakana kassali savdo nuqtasida skanerdan o'tkaziladigan savdo birligiga qo'yiladigan bo'lsa EAN/UPC belgilari ishlatiladi.
Agar shtrix kodlar o'zgaruvchan ma'lumot bilan chop etiladigan bo'lsa (masalan, seriya raqami, yaroqlilik muddati yoki o'lchov birligi yozilsa) quyidagi belgilardan bittasini tanlash mumkin: GS1-128, GS1 Data Bar, aralash belgi yoki ikki o'lchamli GS1 Data Matrix belgisi.
Agar GTIN (Global savdo birligi raqami) yozilgan shtrix kodlar gofrakartonli mahsulot qadog’iga chop qilib tushiriladigan bo'lsa ITF-14 («5 tadan 2 tasi almashadigan») belgisi ishlatilishi mumkin. Agar shtrix kodlar belgisini to'g'ri tanladimmi, deb ikkilanayotgan bo'lsangiz GS1 Uzbekistan uyushmasiga kelib maslahat olsangiz bo'ladi.
Shtrix kodlar belgisini tanlaganingizdan keyin kerakli ma'lumotni kodlash uchun mahsulot qadog’i dizaynini ishlab chiqish kerak bo'ladi. Mahsulot qadog’idagi shtrix kodlarning o'lchami belgi turi, ishlatiladigan muhit va shtrix kodlar chop qilinadigan usulga bo'g'liq bo'ladi.
EAN/UPC belgisi.
EAN/UPC belgisi ITF-14 va GS1-128 belgilaridan chakana savdoda har tomondan skaner qilinishi bilan farq qiladi. Yani, EAN/UPC belgisining balandligi bilan kengligi nisbati o'zgarmas bo'ladi. Shuning uchun, bitta ko'rsatgichi o'zgarganda boshqa ko'rsatgichi ham shunga muvofiq nisbatda o'zgaradi. Nisbati aniq bo'lgani uchun EAN/UPC belgilarining balandlik va kenglik o'lchamlari ham nominal bo'ladi. O'lchamning ruxsat etilgan og'ishi belgi nominal o'lchamining 80 foizidan 200 foizigacha diapazonda belgilab qo'yilgan. Bu haqdagi batafsil ma'lumot GS1 Uzbekistan ma’lumotnomada berilgan. Belgini o'zgartirsa bo'ladigan kattalik ko'pincha "ko'paytirish koeffisienti" deyiladi va bu koeffisientni tovar yetkazib berishga berilgan buyurtmada belgilab qo'yish mumkin.
Ba'zilar EAN/UPC belgisi mahsulot qadog’ida kamroq joy olishi uchun uning balandligini kamaytirishadi. Kaltalash deyiladigan bunday usulga EAN/UPC belgisi ma’lumotnomasida ruxsat berilmagan, shuning uchun, belgini kaltalamaslikka harakat qiling. Chunki belgi kalta bo'lsa uni chakana savdoda ishlatiladigan har tomondan skaner qiladigan skanerdan o'tkazish qiyinlashadi. Bu masaladagi qo'shimcha ma'lumotni GS1 ma’lumotnomasida o'qishingiz mumkin yoki GS1 Uzbekistan uyushmasi mutaxassislaridan shu masalada maslahat olsangiz ham bo'ladi.
Bitta EAN/UPC belgisining o'zi logistikada (transportda, omborda) ham, kassali savdo nuqtasida ham ishlatiladigan bo'lsa ko'paytirish koeffisientini 150 foizdan 200 foizgacha oraliqda oshirishga ruxsat beriladi. Bunga misol qilib o'lchami katta buyumlar (masalan, televizor yoki mikroto'lqinli o'choq) solinadigan karton mahsulot qadog’iga tushiriladigan belgilarni olish mumkin.
ITF-14 va GS1-128 belgilari.
ITF-14 va GS1-128 belgilarini o'zgartirsa bo'ladigan oraliq ham belgilab qo'yilgan. ITF-14 va GS1-128 belgilarining o'lchami ko'pincha X ning o'lchami bilan belgilanadi. ITF-14 va GS1-128 alomalarining o'lchamlari hamda ular qanday ishlatilishi, identifikatsiyalash raqamlari haqidagi ma'lumotni GS1 ma’lumotnomasidan bilsa bo'ladi.
Chop qilish usulini tanlash.
Belgi o'lchamini tanlaganda hisobga olish kerak bo'lgan asosiy o'rinlardan bittasi - chop qiladigan jihozning imkoniyati bo'ladi. Belgidagi chiziqning (BWR) eng kam o'lchami (kattalashtirish koeffisienti) va shunga mutanosib qilib kengligini kamaytirish chop qilish qanday o'tishi va hatto chop qilinadigan partiyaga qarab ham o'zgaradi. Nashriyot bosmaning sifati talab qilingan darajada bo’lishi uchun belgining eng kam o’lchamini (kattalashtirish koeffisientini) belgilashi va shunga yarasha chiziq (BWR) kengligini ham kamaytirishi kerak.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun GS1 Uzbekistan uyushmasiga murojat qilishingizni so'raymiz.
Shtrix kodlar ostiga bosiladigan va "inson o’qiy oladigan ko’rinishdagi" raqamlar juda muhim vazifani bajaradi, chunki skaner xiralashgan yoki sifati past shtrix kodlarni o'qiy olmaydi, shunday paytda o'qish uchun aynan shu raqamlar yordam beradi.
Quyida GS1 tizimidagi belgilarning inson o’qiy oladigan ko’rinishi qaysi formatda bo'lishi kerakligi haqida ko'p so'raladigan savollarga javob berilgan.
Inson o’qiyoladigan ko’rinishida yoziladigan raqamlarning aniq bitta o'lchami bormi? EAN/UPC belgilari bilan foydalanish uchun oldin OCR-B shrifti tanlangandi, lekin hozir ko'rinishi aniq bo'lgan har qanday shriftni ishlatsa bo'ladi. EAN/UPC belgilarining to'liq ma’lumotnomasini GS1 ma’lumotnomasida topish mumkin.
ITF-14 va GS1-128 belgilarining ko'rib o'qiladigan tasviri juda aniq hamda belgining o'lchamiga mos bo'lishi kerak.
Inson o’qiy oladigan raqamlar shtrix kodlarning ustida bo'lishi kerakmi yoki pastidami? Bu ishlatiladigan belgiga bog'liq. EAN/UPC belgilarida raqamlar qayerda joylashishi standartning o'zida ko'rsatilgan. ITF-14 va GS1-128 belgilarida raqamlar belgining ustida ham, pastida ham bo'lishi mumkin.
Inson o’qiy oladigan ko’rinishidagi belgilar o'rtasida ochiq joy qolishi kerakmi? Ha, EAN/UPC belgilari o'rtasida qancha ochiq joy qolishi tegishli standart bilan belgilab qo'yilgan (oldingi savolga qarang). ITF-14 va GS1-128 belgilari o'rtasida qancha ochiq joy qolishi o'qish oson bo'lishi, eslab qolinishi va qo'lda terilish kerakligi talablariga qarab foydalanuvchi kompaniyalarning o'zlari belgilashadi. Ko'rib o'qiladigan tasvirda ochiq joy qoldirish kerak bo'lgani bilan ITF-14 va GS1-128 belgilarining o'zida bu ochiq joylar kodlanmaydi.
GS1-128 belgisining inson o’qiy oladigan ko’rinishida qo'llanadigan identifikatorlar qavs ichida berilgan. Ular haqiqatdan ham shu yerda turishi kerakmi, chiziqlar bilan belgi oralig'ida ham kodlanadimi?
Inson o’qiy oladigan ko’rinishida qo'llanadigan identifikatorlarning hammasi (AI) qavsga olingan bo'ladi, lekin qavslarning o'zi kodlanmaydi. Bu haqdagi batafsil ma'lumot GS1 ma’lumotnomasida berilgan.
EAN/UPC belgisining inson o’qiy oladigan ko’rinishida nechta raqam bosishim kerak? UPC-A belgisining ostiga 12 ta raqam bosiladi (bundan ko'p ham, kam ham bo'lmaydi, bu qoidadan biror istisno qilinmaydi). EAN-13 belgisining ostiga 13 ta raqam bosiladi (bundan ko'p ham, kam ham bo'lmaydi, bu qoidadan biror istisno qilinmaydi). UPC-E va EAN-8 belgilarining ostiga 8 ta raqam bosiladi (bundan ko'p ham, kam ham bo'lmaydi, bu qoidadan biror istisno qilinmaydi).
Shtrix kodlar belgisining optimal rangi oq fonga tushirilgan qora chiziq bo'ladi (fonda oraliq va bo'sh joylar bo'lishi kerak). Agar boshqa ranglarni ishlatmoqchi bo'lsangiz quyidagi tavsiyalar maqbul ranglar birikmasini topish imkonini beradi:
GS1 shtrix kodlar belgisi chiziqlariga qoramtir ranglarni tanlagan yaxshi (masalan, qora, to'q ko'k, to'q jigarrang yoki to'q yashil).
Hamma chiziqlarning rangi doim bir xil bo'ladi, chiziqlarning rangi boshqa boshqa bo'lishi mumkin emas.
GS1 shtrix kodlar belgilaridagi bo'sh joylarga va oraliqqa och fon (masalan, oq fon) ishlatgan yaxshi.
Qizil rangning har xil tusini och fon qilib olish mumkin. Agar qizil chiroq yonib turgan qorong'i xonaga kirib qizil xarfda yozilgan xatni o'qimoqchi bo'lsangiz o'qiy olmaysiz, chunki yozuv ko'rinmay qoladi. Qizg'ish sariq, pushti, shaftoli rang va och sariq ranglar ham shunday. Skanerlarning ko'pi yozuvni aynan qizil nur bilan o'qishini e'tiborga oladigan bo'lsak nimaga bu ranglar faqat oq fonga ishlatilishi mumkinligi, lekin chiziq bosishga ishlatib bo'lmasligini tushinamiz.
Ko'pincha shtrix kodlar belgisi fonsiz bosiladi. Shtrix kodlar bosiladigan asosning o'zi fon bo'ladi. Lekin agar shtrix kodlar ostida fon bo'lishini xohlasangiz tushiriladigan fon rangi bir xil bo'lishi kerak.
Fon shaffofligini kamaytirish uchun chiziq ostidagi asosni bitta rang bilan bir necha marta bo'yash mumkin.
Agar asos bosmasiga jet texnologiyasini ishlatadigan bo'lsangiz butun yuzasi bir tekis, ochiq joy qolmasdan bo'yalishiga qarab turing.
Yuqorida shtrix kodlar belgisiga rang tanlaganda chiziq qora rangda bosilishi, raqamlar o'rtasidagi ochiq joy esa oq rangda bo'lishini optimal variantligi to’g’risida qayd etildi, lekin buning uchun boshqa ranglarni ishlatishga ham ruxsat beriladi (GS1 Uzbekistan saytida berilgan). Bu masalada GS1 Uzbekistan uyushmasi mutaxassislaridan maslahat olishingiz mumkin.
Shtrix kodlar qo'yiladigan joy deganda uning mahsulot qadog’iga qo'yilishi tushuniladi. Shtrix kodlar qayerga qo'yilishi hal qilinganda mahsulot qanday qadoqlanishini ham hisobga olish kerak. Shunday qilingshingiz kerakki, mahsulot qadoqlanayotgan vaqtda yoki qadoq tayyorlanayotgan shtrix kodlar belgisi berkilib qolmasin yoki o'chib ketmasin (masalan, mahsulot qadog’ining chetida ko'rinmay qolmasin, karton buklanadigan joyga tushmasin yoki boshqa mahsulot qadog’ilaydigan material orqasida qolib ketmasin). GS1 shtrix kodlari qo'yiladigan optimal joyni bilish uchun GS1 ma’lumotnomasini o'qib ko'ring.
Tegishli joy belgilanganidan so'ng nashriyotdagilar bilan belgi qaysi tomonga qarab tushirilishini maslahatlashib olish kerak bo'ladi. Chunki ko'p bosma jihozlarida shtrix kodlar ma'lum tomonga qaratib va ma'lum yo'nalishda chop qilinishi kerak. Fleksografiya bosmasi ishlatiladigan bo'lsa chiziq bosiladigan tomonga parallel turadi. Agar chiziqlarning hammasi bosiladigan tomonga ko'ndalang turadigan bo'lsa bosadigan dumaloq val belgi ko'rinishini buzmaslik chorasi ko'riladi.
Ipak bosma yoki harf bosishning fotogravyura usuli qo'llanganda belgi bosma yo'nalishiga parellel bo'lib turishi kerak.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun GS1 Uzbekistan uyushmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bosilgan shtrix kodlar belgilarining sifatini tekshirish usuli tegishli standartlarda yozilgan. Shtrix kodlar belgisi sifatini bilish uchun maxsus vosita – verifikator ishlatiladi va shu vosita belgini skanerdek o'qib, so'ng uning sifatiga baho beradi.
GS1 tizimida ISO/IEC usuli qo'llanadi va ishlatiladigan belgi, qo'llanadigan muhit va identifikatsiyalash raqamga qarab har bitta shtrix kodlar bosmasi sifatiga qo'yiladigan eng kam talab qanday bo'lishi belgilab qo'yilgan. Eng kam bosma talablariga qo'shimcha qilib GS1 yana verifikator aperturasi bilan to'lqin uzunligini ham belgilab beradi.
Shtrix kodlar belgisi sifatiga qanday talab qo'yilishini GS1 tegishli ma’lumotnomasidan bilishingiz yoki bu masalada GS1 Uzbekistan yushmasi mutaxassislaridan maslahat olishingiz mumkin.