Shtrix kodlash bo’yicha qo'llanma
GS1 Uzbekistan uyushmasiga a'zo bo'ldingiz va GS1 tizimida kompaniyaning global prefiksini (GS1 Company prefix) oldingiz.
GS1 - bundan 40 yil oldin tuzilgan, butun dunyo bo'yicha, iqtisodiyotning barcha sohalarida mahsulot yetkazish va tovar aylanish zanjirlari unumli va ochiq ishlashiga qaratilgan global standart va yechimlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish bilan shug'ullanadigan Xalqaro tashkilot hisoblanadi. Hozir butun dunyodagi 110 tadan ko'p Milliy tashkilot GS1 tarkibiga birlashgan.
O'zbekiston Respublikasida avtomatik identifikatsiyalash va tovarni raqamlash bilan shug'ullanadigan Milliy tashkilot - GS1 a'zosi bo'lgan GS1 Uzbekistan uyushmasi hisoblanadi. Hozir uyushmaga 4 mingdan oriq korxona a’zo bo'lib kirgan, ularning hammasiga 478 prefiksi bilan boshlanadigan unikal identifikatsiyalash GS1 raqami berilgan. GS1 kodining birinchi raqamlari Milliy tashkilot prefiksi deyiladi. Bu raqamlarni GS1 beradi (478-GS1 Uzbekistan).
Shtrix kodlardagi birinchi 2-3 ta raqamga qarab tovar ishlab chiqarilgan davlatni bilsa bo'ladi, degan xato tushuncha bor. Bunday deb tushunish noto'g'ri bo'ladi. Shtrix kodlarga har doim ham tovar ishlab chiqarilgan davlat yozilmaydi. Prefiksga qarab faqat korxona qaysi GS1 Milliy tashkilotida ro'yxatga olinganini bilsa bo'ladi.
GS1 tizimi ixtiyoriy a’zolikka asoslangan tashkilot maqomida ishlaydi. Dunyoning birorta ham davlatida korxonani (kompaniyani) GS1 a'zosi bo'lishga majbur qiladigan va tovar qadog’iga shtrix kodlar qo'yishni shart qiladigan qonun yo'q. Qaysi davlatning Milliy tashkilotiga a'zo bo'lishni korxonaning o'zi belgilaydi.
Shtrix kodlar qo'yish avtomatik identifikatsiyalash usullari ichida eng taniqlisi hisoblanadi. Hozir GS1 tizimining shtrix kodlari umumjahon ko'p tarmoqli kommunikatsiyalar tizimining asosi hisoblanadi hamda dunyoning eng yirik ixtisoslashgan tashkiloti bo'lgan Xalqaro GS1 tashkiloti shu tizimni tuzish va boshqarish bilan shug'ullanadi.
GS1 Uzbekistan Uyushmasi korxonangizga unikal shtrix kodlar beradi (masalan, 478010065). Dunyoning birorta ham mamlakatida shunga o'xshagan shtrix kodlari bor boshqa korxona bo'lmaydi. Identifikatsiyalash raqam GS1 beradigan Milliy tashkilot prefiksidan (masalan, 478 - GS1 Uzbekistan) va Milliy tashkilot ichidagi korxona raqamidan iborat bo'ladi (masalan, 478010065).
GS1 faqat bitta Milliy tashkilotda bitta prefix masalan, 478 prefiksi bo'lishini kuzatib boradi. GS1 Uzbekistan uyushmasi esa Uyushmadagi boshqa korxonalarga ikkita bir xil masalan, 478010065 unikal raqami berilmasligiga qarab turadi.
Agar GS1 Uzbekistanda (478) 010065 qarami bilan "NESTLE UZBEKISTAN" MCHJ ro'yxatga olingan bo'lsa, GS1 Russiada (460) 010065 raqami bilan umuman boshqa korxona (Rossiyaning biror korxonasi) ro'yxatga olinadi.
Mahsulotingizning qadog’iga EAN-13 shtrix kodlari tushiriladi. Bu kod 13 ta raqamdan iborat bo'ladi (shuning uchun shunday nom berilgan).
Shu kodning birinchi raqamlari GS1 tizimidagi GCP (kompaniyaning global prefiksi) bo'ladi (masalan, 478 010065).
Agar tashkilotingiz identifikatsiyalash raqam olgan bo'lsa, masalan, unga 478010065 raqami berilsa, butun dunyoda faqat sizning mahsulotingizda 478010065 bilan boshlanadigan shtrix kodlar turadi.
EAN-13 kodini o'qib ko'p narsani bilsa bo'ladi, degan noto'g'ri tushuncha bor. Bunday deb tushunish noto'g'ri bo'ladi. Chunki EAN-13 shtrix kodlaridagi tovar kodi u yoki bu ma'lumot bazasidagi ma'lumotni ochadigan kalit hisoblanadi. EAN-13 raqami quyidagicha tuzilgan:
· Birinchi 3 ta raqam - prefiks yoki GS1 a'zosi bo'lgan Milliy tashkilotning kodi (O'zbekistonniki - 478);
· Keyingi 6 ta raqam - GS1 Uzbekistan uyushmasi a'zosi bo'lgan korxonaning raqami (prefiksi);
Keyingi 3 ta raqam - korxona mahsulotining raqami;
Oxirgi o’n uchinchi raqam - nazorat raqami. Bu raqam oldingi 12 raqamdan chiqariladi. Masalan, 4780100650010 ko'rsatgichini shunday tushunamiz (faqat GS1 Uzbekistanda shunday tushuniladi)
Shtrix kodlar alohida bitta mahsulotni ajratib ko'rsatishga ishlatiladi Masalan, "NESTLE UZBEKISTAN" MCHJ suv nomi bilan ishlab chiqaradigan bir xil tovarning shtrix kodlari idishining hajmi va xususiyatiga qarab har xil bo'ladi.
№ |
"NESTLE UZBEKISTAN" MCHJ mahsuloti ro'yxati |
EAN-13 kodi |
1 |
NESTLE PURE LIFE ma'danli suvi (gazlangan) Plastik idish 0,5 l. |
4780100650010 |
2 |
NESTLE PURE LIFE ma'danli suvi (gazlangan) Plastik idish 1,5 l. |
4780100650027 |
3 |
NESTLE PURE LIFE ma'danli suvi (gazlanmagan) Plastik idish 0,5 l. |
4780100650102 |
4 |
NESTLE PURE LIFE ma'danli suvi (gazlanmagan) Plastik idish 1,5 l. |
4780100650119 |
Esingizda bo'lsin! Nomi bir xil va har xil korxonada bir xil texnologiya bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning EAN-13 raqamlari har xil bo'lishi kerak.
Mahsulotning iste'mol xususiyati (navi, og'irligi, turi va hk.) o'zgarganda qadog’idagi EAN-13 shtrix kodlarining raqami ham o'zgarishi kerak. Bundan tashqari, eski tovarning o'rniga to'liq yangi tovar chiqadigan bo'lib eski tovar bilan yangi tovar bitta joyda bo'lib qolmasligi aniq bo'lgandagina yangi tovarga eski raqam qo'yilishi mumkin
Oldingi jadvalda EAN-13 raqami aniq bitta tovarning nomi bilan iste'mol xususiyatiga to'g'ri kelishini korishimiz mumkin. Savdo tashkiloti vakillari shtrix kodlari bo'lmagani uchun ishlab chiqaruvchidan mahsulot olmagan hollar ham ma'lum. Masalan, tikuv buyumlari chiqaradigan korxonalardan bittasi tovar qismiga nollari bor bitta kodning o'zini tushirgan. Rasman tovarning shtrix kodlari bor. Savdo vakillari tovarni sotishga qabul qilishgan. Korxona shtrix kodlar tushirishga, tovarga belgi qo'yishga ko'p pul xarajat qilgan, lekin hayotda hech kim bu shtrix kodlardan foydalanolmaydi.
EAN-13 raqami tovar qadog’ida shtrix kodlar bo'lib ko'rinadi. Shtrix kodlardagi yo'llar, bo'sh joylarni maxsus asboblar - skanerlar (shtrix kodlarni o'qiydigan vositalar) tez o'qib tushunadi. Shtrix kodlarni o'qiyotganda skaner koddagi yo'llar qanday birlashganiga qarab kodlab qo'yilgan EAN-13 raqamini chiqaradi va uni kompyuterga yoki POS tizimga jo'natadi.
Shtrix kodlar birinchi navbatda savdoda kerak. Agar do'konga shtrix kodlarni o'qiydigan kassa kompyuterlari ya'ni, POS terminallar (ingliz tilidagi Point of sale - Sotish nuqtasi so'zidan olingan) ulangan avtomatlashgan tizim o'rnatilgan bo'lsa savdo zalidagi hamma tovarda shtrix kodlar bo'lishi kassa (POS terminallar) oldida xaridorlarga xizmat qilish vaqtini kamaytiradi. Kassir skaner bilan tovar qadog’idagi EAN-13 kodini tez o'qib uni kassa chekidagi tovar nomi va narxiga qo'shib qo'yadi.
Bundan tashqari, agar savdo zalidagi hamma nazorat kassa mashinalari bitta nazorat qiladigan vositaga (kompyuterga) ulangan bo'lsa istalgan vaqtda u yoki bu tovar qancha sotilganini, biror buyumga talab qancha bo'lganini bilib oldindan omborga buyurtma berish va savdo zali tokchalaridagi sotilgan tovar o'rnini tez to'ldirib qo'yish mumkin bo'ladi. Soddaroq qilib tushuntirganda, hisob-kitob uzilmasdan olib boriladi.
Oddiy bir qoida: do'kondagi shtrix kodlar narxni ham, sotib olingan tovar nomini ham ko'rsatib turadi. Agar ikkita tovarning narxi har xil bo'lsa ularning shtrix kodlarlari (GS1 raqamlari) ham har xil bo'lishi kerak.
Tovar qadog’idagi narx kassada o'qilishi uchun mahsulot qadog’iga GS1 shtrix kodlari belgisi ko'rinishida EAN-13 raqami bosilgan bo'lishi kerak. Lekin raqam bu raqam bo'lib qolaveradi Mohiyatan bu shtrix kodlar ko’rinishida ko'rsatish mumkin bo'lgan 13 ta raqam, xolos. Tovar raqamini va boshqa ma'lumotni shtrix kodlar ko'rinishida tasvirlashning juda ko'p belgisi - yo'llari bor.
GS1 qoidalariga ko'ra EAN-13 raqami tovar o'ramiga GS1 shtrix kodlari ko'rinishida tushiriladi. Bu belgilar (grafik tasvir tuzish qoidalari) Xalqaro ISOGS1 797 bilan ham, O'zbekiston standartlari bilan ham tasdiqlangan. Bitta mahsulot qadog’iga bitta tovar yoki bitta tovar guruhi solinishi mumkin. Mahsulot qadog’iga solingan bitta tovar deganda kassadan o'tadigan alohida bitta tovar birligi (ingliz tilida Trade Item) tushuniladi (masalan, bir mahsulot qadog’i sigaret, ichimlik solingan bitta tunuka banka).
Bitta mahsulot qadog’iga solingan tovar guruhi deganda esa kassadan o'tkazib sotiladigan bitta mahsulot qadog’iga solingan alohida tovarlar birligi tushuniladi (masalan, bir blok sigaret, oltita bankadan o'ralgan bir blok ichimlik).
Alohida yoki guruhlab mahsulot qadog’iga solingan bir xil nomdagi tovarning EAN-1 raqami har xil bo'lishi kerak (bitta idishdagi gazlangan suvning narxi 6 ta idish o'ralgan bir blok gazlangan suvning narxidan farq qiladi).
Agar bir guruh tovar o'ramiga EAN-13 raqamli shtrix kodlar tushirilgan bo'lsa alohida mahsulot qadog’idagi tovarning shtrix kodlari ko'rinmasligi kerak.
Agar bir guruh tovar alohida idishdagi tovarlarning shtrix kodlari ko'rinib turadigan shaffof plyonkaga o'ralgan bo'lsa bir guruh tovar o'ramiga shtrix kodlar tushirmasa ham bo'ladi. Bunday vaqtda kassir bitta shishadagi shtrix kodlarni skanerdan o'tkazib, qolgan shishalar sonini kassaga qo'lda yozib qo'yadi.
Alohida mahsulot qadog’idagi va umumiy mahsulot qadog’idagi shtrix kodlar skanerdan o'tkazishga qulay joyga tushirilgan bo'lishi kerak. Do'konlarda qo'l skanerlari ham (kassir qo'lida ushlab har bitta o'qiladigan shtrix kodlarga yaqin keltiradigan), statsioner skanerlar ham (kassa yoki transporter tasmasining yoniga o'rnatiladigan) ishlatilishi mumkin. Bunda tovarni ko'rishga ketadigan vaqt yana ham kamayadi, chunki shtrix kodlar o'qilishi uchun mahsulot qadog’i stoldan o'tsa bo'ldi. Bunday vaqtda shtrix kodlar mahsulot qadog’ining ostida yoki yonida bo'lishi kerakligini alohida aytib o'tish lozim. Yana bitta qoida, shtrix kodlar qabariq yoki buklangan yuzalarga tushirilmasligi kerak
Savdo zalida tovar alohida yoki umumiy mahsulot qadog’iga solib sotilishini ko'rdik, lekin omborga qo'yish yoki transportda tashish uchun alohida va umumiy mahsulot qadog’idagi tovar tashiladigan mahsulot qadog’iga (karton mahsulot qadoqlarga, yashiklarga, poddonlar va shunga o'xshash boshqa idishlarga) solinadi.
Tashiladigan mahsulot qadog’iga ITF-14 ning 14 ta raqamli shtrix kodlari tushiriladi. Bu usulda "5 tadan 2 ta tartibidagi" grafik belgi ishlatiladi (ingliz tilida, Interleaved Two of Five — ITF) Shunig uchun bu shtrix kodlar ITF-14 deyiladi:
EAN/UPC bilan solishtiradigan bo'lsak ITF shtrix kodlarining o'lchami nisbatan kattaroq bo'ladi (kengligi — 152,4 mm, balandligi— 41,4 mm), tushiriladigan yuzaga kamroq texnik talab qo'yiladi. Masalan, ITF-14 shtrix kodini mahsulot qadog’idan tashqari karton mahsulot qadog’ining o'ziga ham bossa bo'ladi. Shunda ham skaner mahsulot qadog’idagi shtrix kodlarni tez o'qiydi.
14 ta belgili raqamga qarab tashiladigan mahsulot qadog’i ichidagi mahsulotning EAN-13 kodini bilish mumkin. Kod ichiga EAN-13 belgisining ma'lumot beradigan 12 ta belgisi qo'yilgan bo'ladi (nazorat raqamidan tashqari) va shu belgi mahsulot qadog’i ichida qanday mahsulot borligini ko'rsatadi:
1 |
460 |
700952 |
008 |
4 |
Nazorat belgisi qoyilmagan EAN/UCC-13 |
||||
LOGISTIKA TURI — ichiga bir xil mahsulot solingan har xil tashiladigan mahsulot qadoqlar (EAN-13) logistika turi bilan farq qiladi. Ruxsat etilgan raqamlar soni — 1 tadan 8 tagacha. |
Milliy tashkilot PREFIKSI — UNISKAN / GS1 Russia. |
KORXONA RO'YXATGA OLINGAN RAQAM Korxona UNISKAN / GS1 Russia da ro'yxatga olinganda tuziladi. |
PREFIKS: (alohida mahsulot qadog’idagi) har bitta alohida mahsulot turiga tegishli alohida tartib raqami beriladi. UMUMIY MAHSULOT QADOG’IGA solingan mahsulotga ham raqam beriladi. |
14 BELGILI NAZORAT RAQAMI Oldingi 13 ta belgi ko'rsatgichidan chiqarib hisoblanadi. |
Masalan, tashiladigan mahsulot qadog’i ichiga alohida mahsulot qadog’idagi tovar solingan bo'lsa ITF-14 ga alohida mahsulot qadog’idagi EAN-13 raqamlari yoziladi.
ALOHIDA MAHSULOT QADOG’I |
TASHILADIGAN MAHSULOT QADOG’I |
TASHILADIGAN MAHSULOT QADOG’I |
"Buratino", tunuka banka 0,33 l |
Karton mahsulot qadog’i |
Yashik |
EAN/UCC-13 |
ITF-14 |
ITF-14 |
Agar tashiladigan mahsulot qadog’i ichiga UMUMIY mahsulot qadog’idagi mahsulot solingan bo'lsa ITF-14 ichiga umumiy mahsulot qadog’ining EAN-13 raqami yoziladi.
UMUMIY MAHSULOT QADOG’I |
TASHILADIGAN MAHSULOT QADOG’I |
TASHILADIGAN MAHSULOT QADOG’I |
"Buratino", tunuka banka 0,33 l |
Karton mahsulot qadog’i |
Yashik |
EAN/UCC-13 |
ITF-14 |
ITF-14 |
Shtrix kodlar skanerning lazer nuri bilan o'qiladi. Lekin shtrix kodlar to'g'ri o'qilishi uchun lazer nurini hamma chiziq belgilari ustidan ko'ndalang o'tkazish kerak bo'ladi.
O'qilgan ma'lumotdan birikkan dasturiy ta'minot EAN-13 raqamidagi hamma sonni chiqaradi va birinchi 12 ta raqamdan 13-nazorat raqamini hisoblab chiqaradi.
Agar hisoblab chiqarilgan nazorat raqami skanerlanayotgan kodning 13-raqamiga to'g'ri kelsa skaner ovoz chiqarib raqam o'qilganini bildiradi.
Agar shtrix kodlarning o'lchami noto'g'ri yoki noto'g'ri joyga bosilgan bo'lsa skaner nuri hamma chiziqdan o'tolmaydi. Mahsulot qadog’iga noto'g'ri nazorat raqami yozilgan bo'lsa ham shtrix kodlar o'qilmaydi. Shuning uchun shtrix kodlar balandligi bilan nazorat raqami tog'ri hisoblanishiga ko'proq e'tibor berish kerak.
Amalda shtrix kodlar sifatli bosilganini juda oddiy usul bilan tekshirib bilsa bo'ladi: statsioner skaner sifatli bosilgan belgini bir marta o’tkazganda o'qiydi.
Chakana savdo POS terminallarida skanerlanadigan o'zgarmas o'lchamli savdo birliklarida GTIN-8 raqami ishlatilishi mumkin. GTIN-8 EAN-13 belgilarini joylashtirishga kichiklik qiladigan mahsulot qadog’idagi savdo buyumlarini identifikatsiyalashga ishlatiladi. Bu kodda 13 ta emas, 8 ta raqam bo'lgani uchun EAN-8 shtrix kodlarining o'lchami EAN-13 dan kamroq bo'ladi.
EAN-8 raqamlari GS1 UZ uyushmasi a'zolari chiqaradigan alohida savdo birliklariga, so'rov olinganda beriladi. GS1 UZ uyushmasining a'zosi bo'lgan korxona mahsulotiga o'zi GTIN-8 kodini qo'yishi mumkin emas. Korxona kodni faqat Uyushmadan olishi mumkin.
GS1 Prefiks – Milliy GS1 tashkilotiga berilgan unikal raqam (GS1 UZ). RF raqami - 46. Sotiladigan birlikka ishora qiladigan raqamni Uyushma a'zosidan olingan so'rovga muvofiq Milliy GS1 tashkiloti (GS1 RUS) beradi. Nazorat raqami shtrix kodlar raqami to'g'ri qo'yilganini tekshirish uchun xizmat qiladi. GTIN-8 raqami uchun EAN-8 belgilari qo'llanadi.
46 |
00001 |
C |
Milliy tashkilot PREFIKSI — GS1 UZ. |
GS1 UZ A'ZOSI BO'LGAN KOXONALARNING MAHSULOTI: korxona kodi qanday bo'lishidan qat'iy nazar har bitta alohida mahsulotga alohida tartib raqami beriladi. Har xil korxona mahsulotining raqami aralash keladi. GTIN-8 raqamining ichida korxonaning ro'yxatga olingan raqami bo'lmaydi. |
8-NAZORAT RAQAMI: navbatdagi GTIN-8 raqami tuzilganda oldingi 7 ta belgi ichidan avtomatik hisoblab chiqariladi. |
EAN-8 ichida korxonaning ro'yxatga olingan raqami bo'lmagani uchun berilgan umumiy tovar raqamlari ro'yxati ichida har xil korxona mahsulotlari yonma-yon turadi, masalan:
46000019 |
Tibbiyot termometri TM-2. Moskva shahar Avtoapparature ITI |
46000026 |
Cho'pli karamel "Dyumovochka", "Zarya" MCHJ, Tver shahri |
46000033 |
Pnevmatik qurol patroni, 50 dona, "Ijmash" ICHB |
va hk. |
… |
Jadvaldan ko'rinib turibdi, olish mumkin bo'lgan GTIN-8 raqamlarining soni unchalik ko'p emas. GTIN-8 raqamida tovar kodiga 5 tagina belgi ishlatilgani uchun faqat 00000 tadan 99999 tagacha mahsulotga kod qo'yilsh mumkin. Ya'ni, GTIN-8 ning 100 mingta raqami hamma uchun yetarli bo’lmaydi.
GTIN-8 raqamlari faqat zarur korxonalarga berilishi uchun GS1 UZ uyushmasida quyidagi tartib belgilab qo'yilgan: korxona GTIN-8 kodini olishga ariza topshirganda mahsuloti solinadigan mahsulot qadog’i (mahsulot qadog’i) namunasini ham beradi.
GTIN-8 qo'llashga qaror qilishdan oldin korxona (nashriyot bilan birga) GTIN-13 formati qo'llashning hamma imkoniyatlarini ko'rib chiqishi kerak. Bunda quyidagi imkoniyatlar bo'lishi mumkin:
Belgining o'lchamini kamaytirish mumkin, ya'ni shtrix kodlar bosishning sifatiga qo'yiladigan minimal talabni hisobga olib raqam kichraytirib bosilishi mumkin.
EAN/UPC standart belgisining tavsiya qilinadigan o'lchamiga mos kelishi uchun mahsulot qadog’i yoki mahsulot qadog’i dizayni maqbul bo'ladigan qilib o'zgartirilishi mumkin.
Kaltaroq belgi ishlatilishi mumkin. Raqamni to'liq o'lchamda bosishning imkoni bo'lmasa uni kaltaroq tushirishga ruxsat beriladi (ya'ni, kengligi o'zgarmaydi, lekin uzunligi kamayadi).
Esingizdan chiqmasin: raqam kalta bosilgan bo'lsa uni har tomondan skanerlash imkoniyati kamayadi. Ortiqcha kaltalashtirilgan belgini amalda ishlatib bo'lmay qoladi. Bu variantni qo'llamoqchi bo'layotgan foydalanuvchilar ikkala tomonni ham qoniqtiradigan yo'lini topish uchun mijozlari bilan maslahatlashib olishlari kerak.
EAN-13 shtrix kodlar belgisining nominal o'lchami (25,93 х 37,29 mm) mahsulot qadog’i yoki mahsulot qadog’idagi bosma yuzasida 25% dan ko'p joy oladigan bo'lsagina GTIN-8 kodi beriladi. Yoki:
mahsulot qadog’i yuzasidagi bosmaning sahni 80 kv.sm dan kam bo'lsa
tovar eng katta yorlig'ining yuzasi kv.sm dan kab bo'lsa
mahsulot silindr shaklida va diametri 30 mm dan kam bo'lsa.
Mahsulot qadog’idagi GTIN-8 raqamining o'lchami cheklangan bo'lsa
EAN-8 belgilariga misol
Eng kichik o'lchami Х: 0,264 mm (0,0104 dyuym)
Eng katta o'lchami Х: 0,660 mm (0,0260 dyuym)
Maqsad qilingan o'lchami Х: 0,330 mm (0,0130 dyuym)
Eslatma: X o'lcham ― shtrix kodlar belgisidagi eng tor elementning belgilab qo'yilgan kengligi. Bu kenglik har xil belgida har xil bo'lishi mumkin.
Belgiga qo'yiladigan talab GOST ISO/MEK 15420-2010 "Avtomatik identifikatsiyalash. SHTRIX KODLASH. EAN/UPC shtrix kodlari belgilarining xususiyati" standarti bilan belgilab qo'yilgan.
Dhu bilan birga, o'lchami kichik obyektlarni identifikatsiyalash muammosini hal qilish uchun hozir GS1 da GS1 Data Bar belgilari ishlatiladi.
Skaner qora va oq ranglar ketma-ket kelishiga qarab kodni o'qiydi, shuning uchun chiziq rangi bilan ochiq joylar rangi o'rtasidagi farq skaner ajrata oladigan bo'lishi kerak. Skanerdan chiqadigan lazer nuri qizil bo'lganu uchun u ranglarni qizil ko'zoynak taqqan odamga o'xshab ko'radi.
Eng yaxshi yo'li - bosilgan shtrix kodlar belgilari to'q qora, ular bosilgan joy esa oppoq bo'lishi kerak. Shunda oq bilan qora bir-biridan aniq ajralib turadigan bo'ladi. Lekin amalda har doim ham bunga erishib bo'lmaydi, chunki shtrix kodlarning rangi ko'pincha mahsulot qadog’i dizayni rangiga mos qilib bosiladi.
Agar rang, ranglar bir-biridan ajralishi va tasvirga tegishli asosiy qoidalarga amal qiladigan bo'lsak hamma turdagi mahsulot qadog’i materialiga hamma rangda oson o'qiladigan shtrix kodlar bosishimiz mumkin. Pastda skaner o'qiyoladigan va o'qiyolmaydigan ranglarda bosilgan shtrix kodlarlarga misol berilgan.
Shtrix kodlar bosishga buyurtmani tovaringizga mahsulot qadog’i yoki mahsulot qadog’i bosishga buyurtma bergan bosmaxonaga topshirgan yaxshi. Buning uchun tovar yorlig'i yoki qadog’ining maketida tovar raqami ham yoziladigan nominal o'lchamli GS1 shtrix kodlari sig'adigan to'rtburchak joy qoldiriladi.
O'zbekistondagi bosmaxonalar, nashriyotlar shtrix kodlar bosishga ko'p buyurtma olishmaydi. Zamonaviy bosmaxonalar maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanib kompyuter tasviri bilan ishlashadi. Bunday dasturiy ta'minot turlari haqidagi ma'lumotni http://www.adams1 .com manzilida olsa bo'ladi. Internetda qidirib ham bunday dasturiy ta'minot ro'yxatini oson topsa bo'ladi.
Shtrix kodlar grafik tasvirini chizish imkoniyati http://www.corel.com manzilida, ko’pchilik biladigan Corel Draw dasturining paketida ham bor. Lekin Corel Draw yozadigan inson o'qiy oladigan korinishidagi raqamlar tavsiya qilingan standartdan farq qiladi. Bu muammoni hal qilish uchun TrueТуре ocrb10n.ttf xarfini o'rnatish kerak bo'ladi. So'ng shtrix kodlar tuzadigan Barcode Wizard ustaga Edit->lnsert Barcode buyrug'i beriladi: tasvir ustasi tuzgan shtrix kodlar kerakli grafik formatga o'tkaziladi yoki hujjatga joylashtiriladi. Ko'pincha http://www.webcode.com.br manzilidagi shtrix kodlar grafik tasvirini chiqaradigan onlayn generator xizmatidan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Lekin bu xizmatdan ehtiyot bo'lib foydalanish kerak. Bunday yo'l bilan qo'lbola chiqarilgan shtrix kodlar grafik tasviri qaragan insonning ko'ziga chiroyli bo'lib ko'rinadi, lekin bosmaxonada, har xil qog'oz turiga bosilganidan keyin skanerda o'qish uchun sifati qoniqarli bo'lmasligi mumkin. Shuni ham aytib o'tish kerakki, yuqorida ko’rsatilgan dasturlarning ko'pi o'zi ishlab chiqqan shtrix kodlarni kompyuterga ulangan printerida bosib chiqarishga mo'ljallangan. Albatta, ulardan foydalanib o'qiladigan shtrix kodlar olish mumkin, lekin dastur tanlaganda olinadigan shtrix kodlar tasvirini o'zgartiradigan va to'g'rilaydigan qo'shimcha imkoniyatlari borlgiga ham qarash kerak. Masalan, "chiziq kengligini tog'rilash" imkoniyatining borligi bosishda bo'ladigan ko'p muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, tasvir oxirgi ko'rinishini tasdiqlatib olishni ham maslahat beramiz.
Ba'zan tovar ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi omborda eski mahsulot qadog’iga solingan tayyor mahsulot bor, lekin savdo tashkilotining vakili uni shtrix kodlarsiz qabul qilmaydigan vaziyatga duch keladi. Yoki korxona tayyor mahsulot qadog’ini ortiqcha chiqarib qo'ygan bo'lishi mumkin.
Unda, shtrix kodlar tushirilmagan mahsulot qadog’ini ishlatib bo'lmaydimi?
Bu muammoning chorasi - yopishqoq mahsulot qadog’i ishlatish bo'ladi. Korxona o'zining printerida shtrix kodlar tushirilgan yopishqoq mahsulot qadog’i bosib chiqarishi yoki biror ixtisoslashgan bosmaxonaga buyurtma berishi mumkin, keyin shtrix kodlar bosilgan mahsulot qadog’ilarni mahsulot qadog’iga qo'lda yopishtirib qo'yadi. Mahsulot qadog’i bosadigan printerlar tez ishlashi, mahsulot qadog’ilarning kengligi, tasvir tushirish usuli (masalan, lazerli, termo- va termotransfer va hk.), rangli yoki faqat oq-qora tasvir tushrishi, shtrix kodlardan tashqari rangli yozuv, korxona logotipi va hatto rangli fotosurat bosilgan murakkab mahsulot qadog’ilarni chiqarish imkoniyati bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Unda korxonaning shtrix kodlar bosishga xarajati ko'payib ketmaydimi? Korxona o'zining printerini ishlatadigan bo'lsa nisbatan bosmaxonadan erkin bo'ladi, lekin bunday holda mahsulot qadog’ilarni mahsulot qadog’ilarga yopishtirish bilan band bo'ladigan xodimning ish vaqtini, printer narxini va sarflanadigan materialga xarajatni ham hisobga olish kerak. Biroq, bosmaxonaga buyurtma berish bilan korxonaning o'z printerida bosish xarajatini solishtiradigan bo'lsak (printerda faqat shtrix kodlarning o'zini ham emas, mahsulot qadog’ini ham chop etish mumkin) printerda bosish foydaliroq bo'ladi.